Rossiyaning Sumiga hujumida uch kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 24 iyunga o‘tar kechasi Ukrainaning Sumi viloyatining Verxnesirovatskaya mahallasida Rossiya dronlari yordamida uyushtirilgan yirik hujumi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi: erkak, ayol va sakkiz yoshli bola. Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Grigorov xabar berdi.

Bolaning jasadi vayron bo‘lgan uy vayronalari ostidan chiqarilgani aytiladi. Marhumlar turli oilalardan bo‘lgan, lekin bir ko‘chada yashagan. 

Grigorovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hujumidan so‘ng vayronalar ostidan yana uch kishi chiqarib olingan, ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining ahvoli og‘ir.

“Uylar vayron bo‘lgan va zarar ko‘rgan. Zarbalardan keyin yong‘in chiqdi. Voqea joyida qutqaruvchilar, shifokorlar va barcha xizmatlar ishlamoqda. Odamlarga zarur yordam ko‘rsatilmoqda”, deb yozdi u.

Xarkov viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Sinegubov ham 24 iyunga o‘tar kechasi Rossiya dronlarining hujumi haqida gapirdi. Xarkovning Nemishlyanskiy tumanida Rossiya uchuvchisiz samolyotining yerga urilgani oqibatida uy derazalarining oynalari shikastlangan.

Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, Nemishlyanskiy tumanidagi fuqarolik korxonasi hududiga jami uchta “qulash” qayd etilgan. Gap aynan qaysi korxona haqida ketayotgani ochiqlanmagan.

O‘z navbatida, Xarkov meri Igor Terexov Telegram’da 24 iyunga o‘tar kechasi Rossiya shaharga yettita Shahed dronlari bilan hujum qilgani haqida xabar berdi.

“Biri portlamay quladi, qolganlari uchta joyga tegdi – ulardan ikkitasi Nemishlyanskiy tumanidagi xususiy sektorda, bittasi Saltovskiydagi fuqarolik korxonasida”, deb yozdi u.

Terexovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hujumi oqibatida uch kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Xar'kov Sumi Oleg Sinegubov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing