Rossiyaning pullaridan Ukrainani tiklashda foydalanilishi mumkin

Olam

image

Fransiya Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga rekonstruksiya qilishda yordam berish uchun foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda bugun, 4 fevral kuni Fransiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ann-Kler Lejandr “RTVI” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yevropa Ittifoqida Rossiyaning katta miqdorda muzlatilgan aktivlari mavjud. Ayni paytda bu aktivlardan Ukrainani tiklashda foydalanish imkoniyati o‘rganilyapti. Bu masala xalqaro huquq, Yevropa huquqi va Fransiya qonunchiligiga muvofiq o‘rganiladi.

“Bir necha mamlakatlarda bu muzlatilgan aktivlardan Ukrainani tiklash uchun qanday foydalanish mumkinligini aniqlash maqsadida tadqiqot olib borilmoqda. Bugun biz bu masala bo‘yicha qaror qabul qila olmaymiz, lekin nima bo‘lishidan qat’iy nazar, javobgarlik, xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralangan va qoralashning aniq signallariga qaramay, urush iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashni tanlagan va buni davom ettiradiganlar zimmasiga tushadi”, dedi Lejendr.

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 300 milliard yevrolik aktivlarini va rossiyalik tadbirkorlarning 20 milliard yevrogacha bo‘lgan aktivlarini muzlatib qo‘ygan. Biroq Yevropa ommaviy axborot vositalarida Yevrokomissiya muzlatilgan 300 milliard yevrolik Rossiya aktivlarining 200 milliardi qayerda joylashgani to‘g‘risida hech qanday tasavvurga ega emasligi haqida xabar tarqalgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing