Rossiyaning Odessaga raketa hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 15 mart kuni Rossiya Ukrainaning Odessa shahriga raketa hujumi uyushtirdi. Zarba oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari xabar berdi. 

Aniqlik kiritilishicha, 75 kishi, jumladan Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari jabrlangan. Vayronalar ostidan omon qolganlarni topish uchun qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Birinchi kuchli portlash shaharda ertalab soat 11:00 larda yangradi, ko‘p o‘tmay Rossiya yana zarba berdi. 

"Avval ballistik raketa, keyin qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganida, ikkinchi zarba. Putin agressiyasining vahshiy tabiatining yana bir ko‘rinishi", deb yozdi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmati rasmiy vakili Piter Stano X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni “qo‘pol zarba” deb atadi. Yevropa Ittifoqi Rossiya qo‘shinlarining Odessaga uyushtirgan hujumlarini qoraladi. 

Bugun, 16 mart Odessada motam kuni deb e’lon qilindi. Ikki hafta oldin, 2 mart kuni ham 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Rossiya hujumi munosabati bilan shaharda motam e’lon qilingan. Halok bo‘lganlarning besh nafari bolalar, eng kichigi to‘rt oylik chaqaloq edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Odessa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing