Rossiyaning NATO kengayishi haqidagi xavotirlari o‘rinli – Trampning odami

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg Rossiyaning NATOning sharqqa tomon kengayishi borasidagi xavotirlari “adolatli”, deb atadi. Bu haqda u kecha, 29 may kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Bu adolatli tashvish. Biz Ukrainaning NATOga qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqilmayotganini bir necha bor aytgan edik”, dedi u.

Kellogg bu pozitsiyani alyansga a’zo boshqa “kamida to‘rt” davlat ham qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Shuningdek, u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichiga tayyorgarlik haqida gapirdi Kit Kellogg qo‘shimcha qilishicha, AQSH va Ukraina haligacha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar bilan Rossiya memorandumini olmagan, biroq Kiyevni urushni tugatish uchun muzokaralardan chiqmaslikka chaqirgan.

“Ko‘rinmayman demang, jiddiy ekaningizni ko‘rsatishingiz kerak”, deya u Ukraina Mudofaa vaziri va mamlakat muzokaralar delegatsiyasi rahbari Rustam Umarov bilan bo‘lgan suhbatni aytib berdi.

Kellogg, shuningdek, muzokaralarning asosiy maqsadi o‘t ochishni va “qotillikni to‘xtatish” bo‘lib qolishini yana bir bor ta’kidladi. Bundan tashqari, Kit Kellogg 2 iyun kuni Istanbuldagi muzokaralarda Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadan xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etishini aytdi.

Avvalroq Rossiya muzokaralarning navbatdagi bosqichiga yana Vladimir Medinskiyni yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.

“Reuters”ning yozishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatish shartlari “G‘arb yetakchilari NATOning sharqqa tomon kengayishini to‘xtatish va Rossiyaga qarshi ba’zi sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risida yozma ravishda majburiyat olish talabini o‘z ichiga oladi”. Nashr manbalariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti shu tariqa “Ukraina, Gruziya, Moldova va boshqa sobiq Sovet respublikalarining Shimoliy Atlantika alyansidagi a’zoligini rasman chiqarib tashlashni” talab qilmoqda, shuningdek, Kiyevning “neytral maqomi”ni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing