Rossiyaning maqsadi Ukraina hukumatini ag‘darib, hokimiyatga o‘z vakillarini qo‘yish – Kiyev

Olam

image
NATO Ukrainani yolg‘iz qo‘ymaydigan bo‘ldi: Alyans Sharqiy Yevropaga qo‘shin joylashtiradi north_east

NATO Ukrainani yolg‘iz qo‘ymaydigan bo‘ldi: Alyans Sharqiy Yevropaga qo‘shin joylashtiradi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’muriyati Rossiyaning asosiy niyati Ukraina oliy rahbariyatini ag‘darib, mamlakatda maksimal darajada vahima uyg‘otish va hokimiyatga o‘zining qo‘g‘irchoq vakilini qo‘yish ekanini ma’lum qildi. 

UNIAN axborot agentligiga ko‘ra, bu haqda Ukraina Prezidenti Ma’muriyati rahbarining maslahatchisi Mixayl Podolyak, mamlakat bo‘ylab yuzaga kelgan favqulodda vaziyat yuzasidan o‘tkazilgan anjuman chog‘ida ma’lum qilgan. 

“Mamlakat sharqida: Sumi, Xarkov va Xarkov yaqinida, Ukraina janubida, Xerson hamda Odessa viloyatlarida shiddatli janglar ketmoqda. Ruslarning taktikasi allaqachon ma’lum bo‘ldi, ular mamlakatning bir qismini ajratib yubormoqchi. So‘ngra, ular bu yerlarga kolonna bo‘lib kirib, joylashib oladilar”, deya ta’kidlagan Podolyak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari ushbu hududlar bo‘ylab “juda samarali” ishlamoqda va Rossiya tomonga katta zarbalar bermoqda.

“Yirik shaharlarda vertolyotlar yordamida aniq nuqtalarga zarba berish, vertolyotlar orqali desantlarning yoki harbiy texnikalarning yuborilishiga kelsak, mamlakatda vaziyatni izdan chiqarishga urinish bo‘lmoqda. Xarkov va Kiyev nishonga olingan. Menimcha, ruslarning asosiy maqsadi allaqachon ma’lum bo‘ldi – bu mamlakat oliy rahbariyatini ag‘darish va maksimal darajada tahlika uyg‘otishdan iborat. Undan keyin bu yerga biror kimni rahbar qilib tayinlash... Ya’ni, hukumat qonuniy kuchga ega bo‘lmasligi uchun butun rahbariyatni ag‘darish. Shundan so‘ng, o‘zining qo‘g‘irchoq vakilini qo‘yish va Rossiya bilan ikki tomonlama qandaydir shartnomalarni nomiga imzolash”, deya bildirgan Podolyak.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hujumdan Rossiya ikkita maqsadni ko‘zlagan:

“Ikkita taktik maqsad mavjud. Birinchisi – bu mamlakat hududining bir qismiga ega chiqish hamda mamkakt rahbariyatiga maksimal darajada zarba berib, shu yo‘l bilan tartibsizliklarni uyushtirish va hukumat nazoratini o‘z qo‘liga olish”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

866

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing