Rossiyaning eng boy ayollaridan biri aviahalokatda qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 31 mart kuni Germaniyada yuz bergan aviahalokatda S7 Group egalaridan biri Nataliya Fileva halok bo‘ldi. U Rossiyaning eng boy ayollaridan biri edi. Bu haqda “The Bell” xabar berdi.

Dastlab Nataliya Filevaning turmush o‘rtog‘i, S7 Group egalasi hisoblanuvchi Fladislav Filev ham Frankfurt-Mayn tumanida qulagan xususiy samolyotda bo‘lgani aytilgandi. Biroq bu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi.

Halokat sababi hozircha noma’lum. Aviation Savety Network ma’lumotiga ko‘ra, favqulodda holat Epic LT samolyoti bilan sodir bo‘lgan. Halokatdan keyin samolyot yonib ketgan. Halokatda uch kishi – uchuvchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, samolyotda Nataliya Fileva bilan birgalikda uning otasi bo‘lgan.

S7 Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, halokat bo‘yicha surishtiruv xalqaro komissiya tomonidan olib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya aviahalokat S7 Group

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing