Rossiyaning havo hujumi oqibatida bolalar halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiya tomonidan Ukrainaning Uman shahriga raketa uchirildi va u ko‘p qavatli uy ustiga qulab tushdi. Oqibatda besh nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, ikki o‘g‘il (biri — bir yarim yoshda, ikkinchisi — 16 yoshda) va 8, 11 va 14 yoshli uch nafar qiz vafot etgan.

Umanda jami 23 kishi halok bo‘lgan, politsiya ekspertizasi ulardan 22 nafarini aniqlagan. Bir ayol bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya havo kuchlari tomonidan Ukraina shaharlari Kiyev, Uman, Kremenchug va Poltavaga havo hujumi uyushtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Uman'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing