Rossiyani tishlab olmoqchi bo‘lganlarning tishlarini to‘kib qo‘yamiz — Putin (video)

Olam

image

Vaqti-vaqti bilan Rossiyadan biron bir narsani “tishlab” tortib olmoqchi bo‘lishadi. Ammo Rossiya bunday qilmoqchi bo‘lganlarning barchasini “tishlarini to‘kib” kelmoqda. Bu haqda bugun, 20 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “G‘alaba” tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zilar omma oldida Sibir boyligi adolatsiz ravishda faqat bitta mamlakatga tegishli, deb aytishga jur’at qilmoqda. Putin ta’kidlaganidek, “bunday narsalarni ayniqsa jamoat joylarida eshitish g‘alati, lekin ba’zida ular yangrab turibdi”.

“Hamma bizni biron bir joyimizdan tishlamoqchi yoki tishlab uzib olmoqchi bo‘ladi. Bunga qo‘l urmoqchi bo‘lganlar bir narsani bilib qo‘yishsin, tishlay olmasliklari uchun biz ularning tishlarini to‘qib qo‘yamiz”, deya ta’kidladi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning raqiblari ushbu mamlakatni tiyib turishda davom etadi, chunki ularga bunday mamlakat kerak emas.

“Ammo bu davlat sizga va menga kerak, bizning xalqimiz, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga kerak. Va biz uni nafaqat saqlab qolish, balki mustahkamlash uchun ham hamma narsani qilamiz”, deb qo‘shimcha qildi Putin.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Qurolli Kuchlarining rivoji bunday strategik maqsadga erishishga kafillik beradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing