Rossiyani tark etgan ukrainalik futbolchiga “Manchester Siti” yordam berdi
Sport
−
01 aprel 2022
5621Ukrainalik futbolchi Andrey Kravchuk “Manchester Siti” safida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi
Manbaning xabariga ko‘ra, joriy yilning mart oyi boshida Moskvaning “Torpedo” klubi bilan shartnomasini bekor qilgan Kravchuk mavsum oxirigacha “shaharliklar” bazasida shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Manchester Siti” jamoasi Ichki ishlar boshqarmasi, Premer liga rahbariyati va Angliya futbol assotsiatsiyasidan Andrey Kravchukni o‘z bazasiga qabul qilish uchun ruxsat oldi.
Ukrainalik futbolchi “shaharliklar” safida o‘zini yaxshi sport formasida ushlab turadi va kelasi mavsum uchun jamoa izlaydi. Andreyga “Manchester Siti” bazasida yashash huquqi ham beriladi.
Qayd etilishicha, “Manchester Siti” himoyachisi Aleksandr Zinchenko klubi Kravchukga yordam berishida muhim rol o‘ynagan. Sababi bu ikki futbolchi “Shaxtyor” akademiyasida birgalikda futbol sirlarini o‘rgangan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi