Rossiyani tark etgan “Disney” endi Rossiyadagi hamkorlaridan voz kechmoqda

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng, mart oyida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgan “Disney” kompaniyasi endi Rossiyadagi hamkorlaridan ham voz kechmoqda. Bu haqda kecha, 2 noyabr kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, “Walt Disney Pictures” kino studiyasi Rossiyadagi kasting agentlaridan hamkorlik haqidagi barcha eslatmalarni olib tashlashni talab qilmoqda. Jumladan Rossiyadagi “YouHollywood” kino agentligi “Walt Disney Pictures” kino studiyasiga mamlakatda kastinglar o‘tkazishga ko‘maklashib kelgan. Ammo, kino studiya tomonidan yo‘llangan xatda hamkorlik haqidagi barcha eslatma va ma’lumotlar nafaqat agentlik rasmiy saytidan, balki xalqaro platformalardan ham o‘chirib tashlanishi talab qilingan. Amerika kompaniyasi bunga sabab sifatida, Rossiyadagi kino agentliklari bilan hamkorlik qilishni istamasligini ko‘rsatgan. Shunga qaramay, Rossiyadagi agentlik bunga shoshilmayabdi, ular avvalo masalani huquqshunoslar bilan maslahatlashib ko‘rmoqchi.

Shuningdek Amerika kompaniyasi joriy yilning oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlardagi rus tilida faoliyat yurituvchi akkauntlarini o‘chirib tashlagan.

Ma’lumot o‘rnida, “The Walt Disney Company” multi-media imperiyasiga 1923 yilning 16 oktyabr kuni aka-uka Uolt va Roy  Disneylar tomonidan asos solingan.

Bugungi kunda, “Walt Disney Pictures” kinostudiyasi, “Pixar”, “Marvel” va “20th Century Studios” kabi brendlar “The Walt Disney Company”ga qarashli.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing