Rossiyalik jurnalist ukrainaliklarga yordam berish uchun Nobel medalini sotdi

Olam

image

Nobel mukofoti sovrindori, Rossiyaning “Novaya gazeta” nashri bosh muharriri Dmitriy Muratovning medali “Heritage” auksionida 103,5 million dollarga sotib yuborildi. Auksion Manxettendagi “New York Times” media markazi saytida namoyish etilgan. 

Kim oshdi savdosi boshlanishidan oldin mukofot g‘olibidan medalidan voz kechishga tayyormi yoki yo‘qmi so‘ralgan. Lotning boshlang‘ich narx 700 000 dollar bo‘lgan, biroq bir necha daqiqada medal uchun taklif bir necha million dollardan oshib ketgan va noma’lum xaridor telefon orqali 103,5 million dollarga sotib olgan. Ushbu pullar endi UNICEF xalqaro jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Yakuniy narx auksionlarda oldin sotilgan Nobel medallari bo‘yicha rekorddan 20 baravar yuqori bo‘lgan. 2014 yilda amerikalik biolog Jeyms Uotsonning DNK molekulasi tuzilishini kashf etgani uchun unga berilgan mukofoti 4,76 million dollarga sotilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Muratov o‘tgan yilning oktyabr oyida “demokratiya va mustahkam tinchlikning zaruriy sharti bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari uchun” Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlangach, muharrir ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun Nobel medalini auksionga qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing