Rossiyalik jangchilar UFC’dan chetlatiladimi? Dana Uayt javob berdi

Sport

image

Rossiyaning Ukrainaga qilayotgan tajovuzi tufayli rossiyalik sportchilar aziyat chekishmoqda. Ularning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga cheklovlar qo‘yilmoqda. MMA’ning eng nufuzli promousheni hisoblanadigan UFC ham rossiyalik jangchilarga nisbatan cheklovlar qo‘yishi zarurligi aytilmoqda.

UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, promoushen Ukrainadagi vaziyat tufayli rus jangchilarga taqiq qo‘yilmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

“Biz rossiyalik jangchilar ishtirokidagi janglarni davom ettirish uchun kechayu kunduz ishlayapmiz. Vaziyat og‘ir, lekin men shou davom etishi kerak deb o‘ylayman”, degan Uayt.

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing