Rossiyalik yana bir milliarderning yaxtasi Yevropada musodara qilindi
Olam
−
03 mart 2022
10908Fransiya hukumati “Rosneft” rahbari Igor Sechinga tegishli Amore Vero yaxtasini musodara qildi. Bu haqda Fransiya Iqtisodiyot va moliya vaziri Bruno Le Mer Twitter’da ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yaxta 3 martga o‘tar kechasi Kot-d’Azurdagi La-Siota portida qo‘lga olingan. Ilgari 85 metrli Amore Vero yaxtasi St. Princess Olga deb nomlangan.
Yaxta Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli mamlakat rasmiylariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar doirasida musodara qilingan.
Avvalroq Germaniya hukumati milliarder Alisher Usmonovning Dilbar nomli yaxtasini musodara qilgandi. Kema taxminan 600 mln dollarga baholangan.
LiveBarchasi