Rossiyalik investor “Quva qandolat mahsuloti”ga pul kiritishi uchun “O‘zmilliybank” to‘siq bo‘lyaptimi?

Jamiyat

image
DavAktiv ming kv. m.gacha bino-inshootlarni berish vakolatini hokimlarga “tortiq” qilmoqchi north_east

DavAktiv ming kv. m.gacha bino-inshootlarni berish vakolatini hokimlarga “tortiq” qilmoqchi

Kecha, 10 dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida 50 ga yaqin tadbirkorlar va agentlik vakillari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Agentlik direktori o‘rinbosari To‘lqin Nabiyev raisligida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar va jurnalistlarga amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

“Mulkning daxlsizligi Konstitutsiyamizda belgilangan. Oxirgi yillarda amaliyotda o‘zgarishlar bo‘lib, bo‘sh yotgan joylarni ishlatish uchun qilingan harakatlardan foydalanib ozgina noto‘g‘ri ishlar qilindi.

Bundan 10 yillar oldin Farg‘ona viloyatidagi “Quva qandolat mahsulotlari” korxonasiga rossiyalik investor 2 million AQSH dollari pul tikkan. Keyin bu korxona “O‘zmilliybank” kredit bergani uchun bankrot deb topildi. Monopoliyaga qarshi kurash boshqarmasining da’vosi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Investor kelib yana pul tikishini aytib, Prezidentimizga (o‘sha vaqtda bosh vazir edilar) murojaat qildi. Rozilik berildi. Lekin sud qarori bo‘yicha bu binoni “O‘zmilliybank”ga berilgan. “O‘zmilliybank” binoni olib, qancha investitsiya kiritgani, kimga sotgani haligacha noaniq. 

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasiga xat yozamiz. Ular “O‘zmilliybank”ga borishimizni aytishadi. Yaqinda ham yana yozdik, natija yo‘q. Investor xozir ham pul kiritishini aytyapti. Dunyo darajasida qand ishlab chiqarishini aytyapti. U ham pulini ololmadi, ham keyingi investitsiya kiritishga ham ishonchsizlikka uchrayapti. Lekin u ishlamoqchi”, deya shikoyat qildi tadbirkor vakili agentlik direktori o‘rinbosari Nabiyevga.

Tadbirkor vakili bu masalani hal qilib berishni so‘ramayotganini, imkon bo‘lsa yordam so‘rayotganini aytdi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan yana bir masalaga to‘xtalib o‘tdi.

“Hususiylashtirilgan tashkilotlar sudda qatnashayotganda qaror chiqqunga qadar davlat boji olinmay turishiga yordam bersangiz degandik. Katta mulklar ustidan nizo kelib chiqsa, katta summada davlat boji kelib chiqadi. Uni sud boshlanishdan oldin to‘lanishi lozim”, deya agentlikdan amaliy yordam so‘radi u. 

Bu masala agentlik tomonidan o‘rganib chiqilishi va’da qilindi. Masala oydinlashganidan so‘ng, amaliy yordam berilishi ta’kidlandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

To'lqin Nabiev Quva qandolat mahsulotlari

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing