Rossiyalik generallar raketa hujumida yaralandi – Ukraina razvedkasi

Olam

image

Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga uyushtirilgan hujumda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Yaradorlar orasida rossiyalik generallar ham bor. Bu haqda Ukraina razvedkasiga tayanib, “Amerika ovozi” xabar berdi. 

“22 sentyabr kuni Sevastopoldagi Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 16 kishi yaralandi”, deydi Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov.

Bundan tashqari u yaradorlar orasidagi general-polkovnik Aleksandr Romanchukning ahvoli juda og‘irligi va Bosh shtab boshlig‘i, general-leytenant Oleg Sekov hushsiz holdaligini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, taqdim etilgan ma’lumotlarga Qora dengiz floti shtab-kvartirasida ishlamagan yarador harbiy xizmatchilar kiritilmagan. 

“Navbatchilikdagi, xavfsizlikdagi va boshqa harbiy xizmatchilar – ular men sizga aytgan ro‘yxatga kiritilmagan”, deydi Budanov.

Biroq, u Rossiya Federatsiyasi Qora dengiz floti qo‘mondoni admiral Viktor Sokolovning o‘limi ehtimoli haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Razvedka uning qanday holatda ekanini bilmasligini aytdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa yo‘qotishlar haqida aniq ma’lumot bermagan.

Ma’lumot uchun, kecha, 22 sentyabr kuni tushdan keyin Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga raketa zarbasi berilgan, shundan so‘ng binoda katta yong‘in sodir bo‘lgan. Guvohlarning videolariga qaraganda, shtab-kvartiraga kamida ikkita raketa kelib tushgan.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Qora dengiz raketa hujumi Ukraina razvedkasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing