Rossiyalik general Putindan iste’foga chiqishini talab qildi
Olam
−
07 fevral 2022
47331Butunrossiya ofitserlar assambleyasi mamlakat fuqarolari va Rossiya hukumatiga ochiq murojaat e’lon qildi. Unda hokimiyatni saqlab qolish uchun urush qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirilgan. Murojaatni tashkilot raisi, general-polkovnik Leonid Ivashov, shuningdek, tarixchi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti va Moskva davlat lingvistik universiteti o‘qituvchisi, Geosiyosiy muammolar akademiyasi boshlig‘i, Mudofaa vazirligining xalqaro harbiy hamkorlik bo‘yicha bosh boshqarmasi sobiq boshlig‘i imzolagan.
“Biz, Rossiya ofitserlari, Rossiya Federatsiyasi Prezidentidan urushni qo‘zg‘atuvchi jinoiy siyosatdan voz kechishni talab qilamiz”, deyiladi murojaatda va bunday siyosat natijasida mamlakat “G‘arbning birlashgan kuchlariga qarshi yolg‘iz qolishi ta’kidlangan.
Shuningdek, Putindan “Konstitutsiyaning 3-moddasi amalda tatbiq etilishi uchun shart-sharoit yaratishi” talab qilingan.
“Va iste’foga chiqing”, deyiladi uchinchi talabda.
Bundan tashqari, ofitserlar iste’fodagi va zaxiradagi harbiy xizmatchilarga, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining barcha fuqarolariga “hushyor bo‘lishni ... tashviqot va urushni boshlashga faol qarshilik ko‘rsatishni tavsiya qilgan”. Shuningdek, “ichki fuqarolik nizosining oldini olish” zarurligi haqida so‘z boradi.
Murojaatda mualliflar nima uchun Rossiya, o‘z ta’biri bilan aytganda, “xavfli falokat markazida” qolganini mulohaza qilishga uringan. Ilgari mamlakat urushlarni faqat majburan olib borgan bo‘lsa, endilikda unga tashqaridan hech narsa tahdid solmayaptiku, deya ta’kidlaydi mualliflar.
Shuningdek, ular “ultimatum va tahdidlar orqali Rossiya Federatsiyasi va uning rahbariyatini yaxshi ko‘rib qolishga urinishlar ma’nosiz” degan fikrni bildirishmoqda.
Ta’kidlanishicha, Butunrossiya ofitserlar assambleyasi qonuniy ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilot bo‘lib, a’zolarining soni noma’lum, uning tarkibiga “zahiradagi ofitserlar” kiradi. Murojaat ostida, Ivashovning imzosidan tashqari, Butunrossiya ofitserlar assambleyasi Kengashi raisi, polkovnik Petrovning imzo bor.
“Moskovskiy Komsomolets” nashrining yozishicha, Leonid Ivashov millatchilik qarashlari bilan mashhur.
LiveBarchasi