Rossiyalik deputat AQSH 20 yil ichida parchalanib ketishini bashorat qildi
Olam
−
24 fevral 2021
11192Amerika Qo‘shma Shtatlari sanksiyalari bilan o‘zini o‘zi xalqaro bozordan siqib chiqarmoqda. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati, texnologiyalari va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Andrey Svinsovning “Govorit Moskva” radiostansiyasiga bergan intervyusida so‘z boradi.
Ta’kidlanishicha, AQSH dollari xalqaro savdoda kafillik mavqeini yo‘qotmoqda. Amerika demokratiyasi esa 15-20 yil avvalgi standart maqomida emas.
Duma deputatining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ijtimoiy tarmoqlar mamlakat Prezidentini bloklab qo‘yishi va hech qanday himoyaga ega bo‘lmagan dollarni cheksiz miqdorda bosib chiqarishi mumkin bo‘lgan “yarim marginal mamlakat”ga aylanmoqda.
“Bularning barchasi, oxir-oqibat AQSHning dunyo siyosati va iqtisodiyotidagi yetakchilardan biri sifatidagi o‘rnining tanazzuliga sabab bo‘ladi.
O‘ylaymanki, kelgusi 20 yil ichida ular jiddiy iqtisodiy falokatga duch keladi va bu ehtimol, davlatning parchalanishiga ham olib keladi”, deydi Andrey Svinsov.
Shu o‘rinda deputat bir qator amerikalik siyosatchilar, allaqachon Kaliforniya va boshqa bir necha shtatlarni AQSHdan ajratishni taklif qilayotganini eslab o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, 1991 yilda Rossiyada sodir bo‘lgan vaziyat AQSHda ham takrorlanishi mumkin.
Oldinroq Buyuk Britaniyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Devid Milibend AQSHning “Bolqonlashuvini” bashorat qilgan edi. Unga ko‘ra, AQSH qonli urushlarning keskin bosqichidagi Bolqonga o‘xshab qoladi.
LiveBarchasi