Rossiyalik bokschi Isroil Madrimovni hamyurtidan ustunroq qo‘ydi

Sport

image

Birinchi o‘rta vazndagi rossiyalik bokschi, ayni paytda Avstraliyada mashg‘ulot o‘tkazayotgan Sergey Vorobev  hamyurti Magomed Qurbonov va o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi jangida Madrimovni favorit hisoblamoqda. Bu haqda Vorobev “Allboxing.ru” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“To‘g‘risini aytsam, Madrimovni bu qarama-qarshilikdagi favorit deb bilaman. Nega? Chunki Maga faqat Rossiyada boks bilan shug‘ullangan va bu ularning Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan jangida muhim rol o‘ynaydi. Madrimovning havaskor boksdagi faoliyati esa Magomednikidan ancha yorqinroq. Isroil AQSHda ko‘p janglarda ishtirok etgan va u yerda yashab, mashg‘ulot o‘tkazadi. U har tomonlama juda tajribali bokschi. Maga Rossiyadan tashqarida o‘zini qanday his qilishini ham bilmayman, lekin har holda, bu qiziqarli jang bo‘ladi, bu boks olamidagi ajoyib voqelik. Bunday imkoniyat hammada ham bo‘lavermaydi. Jahon chempionligi uchun kurashish har bir bokschining maqsadi. Madrimovning tajribasi tufayli g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq”, deydi Vorobev.

Ma’lumot uchun, Qurbonov va Madrimov o‘rtasidagi jang 8 mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Joshua-Ngannu jangi oldidan asosiy kardda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov Magomed Qurbonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing