Rossiyalik ayolni zo‘rlab, so‘ng o‘ldirgan o‘zbekistonlik sudlanmoqda

Olam

image

Moskva shahar prokuraturasi 23 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga qarshi jinoiy ishni ko‘rib chiqmoqda. Prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya federatsiyasi JKning 131 (jinsiy zo‘rlash) va 105-moddalari (boshqa jinoyatni berkitish uchun qotillik qilish) bilan jinoiy ish ochilgan. Ta’kidlanishicha, ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Tyergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 2019 yil 28 may kuni kunduzi Izmaylovskiy bog‘ida moskvalik ayolni zo‘rlagan. Jabrlanuvchi ayolning jinoyatni yashirish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishi mumkinligini anglab, ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun Moskva shahar sudiga yuborilgan. Hozirda sud ehtiyoj chorasi sifatida ayblanuvchiga qamoq jazosi tayinlagan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya zo'rlash

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing