Rossiyalik aktrisa Instagram'dagi posti sabab sud qilinadi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik aktrisa Kristina Asmus Instagram'dagi harakatlari sabab ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning TASS nashri xabar bermoqda.

Unga nisbatan Rossiya Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantirish ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilinmoqda. 

Gap shundaki, aktrisa Rossiyaning Ukrainada amalga oshirayotgan “harbiy operatsiyasi”ga nisbatan salbiy munosabati aks etgan matnli suratni joriy yilning fevral oyida Instagram'ga joylashtirgan. Bugungi kunda Asmusning sahifasida ushbu post mavjud emas. Ammo ijodkorning ana shu harakati unga 50 ming rubl (828 dollar)gacha bo‘lgan jarima jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Xabarda qayd etilishicha, ma’muriy javobgarlik ishi bo‘yicha sud majlisi joriy yilning 6 sentyabr kuni, Moskva shahridagi Tver tuman sudida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, Kristina Asmus 1988 yilning 14 aprel kuni Moskva viloyatida tug‘ilgan. 2008 yilda Mixail Shepkin nomidagi teatr maktabiga o‘qishga kirgan, ijodiy faoliyatini 2010 yilda komediya janridagi “Interni” serialidan boshlagan. 2012 yildan e’tiboran “Moskva dramatik  teatri” aktrisasi. U 2013 yilda shoumen Garik Xarlamovga turmushga chiqqan va 2013 yilda qizi Anastasiyani dunyoga keltirgan. Asmus bugungi kunga qadar o‘zini teatr, kino aktrisaligi, modellik va dublyaj sohalarida sinab ko‘rgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

914

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing