Rossiyaga rus tilini biladigan ishchilar kelishi kerak – Volodin

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin mamlakatga ishlash uchun keladigan odamlarning rus tilini bilishi va an’analarini hurmat qilishi muhim ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 13 may kuni yalpi majlisda so‘z ochdi.

“Biz uchun odamlar rus tilini bilgan, urf-odatlarimiz, madaniyatimizni hurmat qilgan holda biz bilan ishlashga kelishi muhim”, deydi Volodin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun do‘st davlatlar bilan ishlash, u yerda rus tilini o‘rganishi uchun sharoit yaratish kerak. Davlat Dumasi spikeri ushbu mavzuda Vazirlar Mahkamasi bilan ham samaraliroq hamkorlik qilish zarurligini qayd etdi.

“Hozirda hamma narsa qilingan, deb ayta olmaymiz. Yo‘q, ko‘p muammolar inson bu yerga ishlash uchun kelgan davlat hududida til o‘rganmaganligi, urf-odat va madaniyatimizga aniq munosabatda bo‘lgani uchun yuzaga keladi, keyin esa muammolar paydo bo‘ladi. Buning oldini olishimiz kerak", deb ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossiya – za pravdu”) partiyasi raisi, Davlat Dumasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilishni taklif qilgandi. Rossiya Davlat Dumasining deputati Mixail Sheremet esa urush davomida Rossiyaga migrantlarning kirishini cheklash taklifini ilgari surgandi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi esa migratsiya qonunchiligining bir qator qoidalarini kuchaytiruvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya rus tili Vyacheslav Volodin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing