O‘zbekistondan chiqqan yuk mashinalari Qozog‘istonda toshbo‘ron qilindi (video)

Jamiyat

O‘zbekistondan yo‘lga chiqib, Rossiyaning Astraxan viloyatiga ketayotgan yuk mashinalari Qozog‘istonning Atirau vilotida noma’lum shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilindi. Bu haqda Facebook’dagi “OCA” guruhida foydalanuvchi Nurillo Nuriddinov xabar berdi. 

Nurillo Nuriddinovning so‘zlariga ko‘ra, voqea joriy yilning 7 sentyabr kuni, og‘irlik nazorati postidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. 

Toshbo‘rondan keyin olingan videoda yuk mashinalariga jiddiy zarar yetgani va old oynalari darz ketgani aks etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston toshbo'ron

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing