Rossiyaga ketayotgan va kelayotganlar diqqatiga: 11 aeroport vaqtincha yopildi
Olam
−
07 dekabr 2022
16024Federal havo transporti agentligi Rossiya Federatsiyasi janubi va markazidagi 11 ta aeroportga parvozlar uchun cheklovlarni 15 dekabrga qadar uzaytirdi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi xabar berdi.
“Rossiyaning janubiy va markaziy qismidagi 11 ta aeroportga parvozlarni cheklash rejimi 2022 yil 15 dekabrgacha uzaytirildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelenjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov Don, Simferopol va Elista ayeroportlariga parvozlar vaqtincha cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 fevralidan boshlab Rossiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya fonida mamlakat janubi va markaziy qismidagi havo hududining bir qismini fuqarolik samolyotlari uchun yopgan edi.
LiveBarchasi