Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarning soni ortmoqda
Bu qiziq
−
03 fevral
205302023 yilda fuqarolari eng ko‘p Rossiyaga tashrif buyurgan mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 2-o‘rinni qayd etdi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyaga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining ko‘rsatkichi ortgan. Bunda sayyohlar turli xil maqsadlar bilan, jumladan, shaxsiy ish yuzasidan, biznes yoki turistik rejalarga ko‘ra mamlakatga tashrif buyurgan.
2022 yil Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlangani va shu sababli geosiyosiy vaziyat o‘zgargani, ko‘plab davlatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar to‘xtatilgani hamda pandemiya cheklovlari yil davomida amalda bo‘lgani sabab turistlar miqdori kamroq bo‘lgan. Ammo 2023 yilda Rossiyaga bir yil avvalgiga qaraganda 20 foizga ko‘p sayyoh tashrif buyurdi.
Reytingdagi mamlakatlar, asosan, qo‘shni davlatlardir. Tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha O‘zbekiston Qozog‘istondan so‘ng 2-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, o‘tgan yilda 3 million 11 ming o‘zbekistonlik Rossiyaga turli maqsadlar bilan ketgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga (2 million 500 kishi) nisbatan 51,8 foizga ko‘p.
Keyingi o‘rinlarni 2 million 15 ming kishi bilan Tojikiston va 1 million 14 ming sayyoh-fuqaro bilan Qirg‘iziston egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatga borgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi