Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qoladi – YeK raisi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini davom ettirish niyatida va “yarashishga intilish”ni zarur deb hisoblamaydi. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa parlamenti sessiyasida Yevropa Ittifoqidagi holatga bag‘ishlangan an’anaviy yillik ma’ruzasida aytib o‘tdi.

"Men sanksiyalar saqlanib qolishini aniq aytaman. Biz uchun qat’iyat ko‘rsatish vaqti keldi. Xuddi shu narsa Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ham tegishli”, deydi u.

YeI rahbarining aytishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi dunyo bilgan eng kuchli sanksiyalarni qo‘ygan va ularning oqibatlarini qanday ko‘rishini tasvirlab bergan.

Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Rossiya moliya sektori, rus banklari xalqaro bozordan uzib qo‘yilgach, "jonlantirish apparatlariga" ulangan. Shuningdek, u Rossiya sanoati vayronaga aylanganiga ishonch bildirgan. U so‘zining isboti sifatida Rossiya harbiy texnikalarida maishiy chiplardan foydalanilganini keltirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Prezidenti bir necha bor davlatiga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar uning moliyaviy barqarorligiga putur yetkaza olmasligini iddao qilgan. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa sanksiyalar tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Vengriya Tashqi ishlar vazirligi vakili Tomas Menser  Yevropa Ittifoqi kuzda Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini aytgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing