Rossiyaga qarshi natsizm avj olmoqda – Patrushev

Olam

image

Bugungi kunda dunyodagi ba’zi mintaqalarda Rossiya va ruslarga qarshi natsizm keng ko‘lamda avj olmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.

Putin yordamchisining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va Buyuk Britaniya erkinlik va demokratiya haqidagi so‘zlar niqobi ostida Yevropada natsistlar mafkurasini jonlantirmoqda.

“AQSH va Buyuk Britaniya Yevropada natsistik mafkurani uyg‘otyapti. Ular bu ishni erkinlik va demokratiya haqidagi so‘zlar soyasi ostida Rossiya Federatsiyasiga qarshi amalga oshirmoqda”, deydi Patrushev.

Shuningdek, u g‘arbliklar yillar davomida Rossiya Federatsiyasida tarixiy ta’limni qayta formatlashga harakat qilishganini ham iddao qildi.

Bundan tashqari, Patrushev Yevropa davlatlarining kechagi va bugungi rahbarlarini Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrlar uchun mo‘ljallangan kelishuvlarni amalga oshirmaganlikda aybladi.

“1945 yilgi Yalta konferensiyasida ittifoqchi davlatlar rahbarlari tomonidan kelishilgan “Yevropani denatsifikatsiya qilish” G‘arb tomonidan hali yakuniga yetkazilmagan”, deb ta’kidlaydi Kreml mulozimi.

Rossiya Prezident yordamchisining “hayratlanarli” bayonotiga ko‘ra, Rossiya bugun G‘arbdan uzoq vaqtdan buyon azob chekayotgan Ukraina aholisini ozod qilish uchun kurashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Patrushev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing