Rossiyaga işlaş uçun eng köp özbekistonliklar borgani ma’lum böldi
Olam
−
19:42 805 2 daqiqa
Joriy yilning birinçi yarmida 1,1 milliondan ortiq Özbekiston fuqarosi Rossiyaga işlaş maqsadida kirib, bu körsatkiç böyiça boşqa davlatlar orasida birinçi örinni egalladi. Bu haqda keça, 26 oktyabr kuni TASS xabar berdi.
Naşr Rossiya çegarasidan ötişga oid ma’lumotlar bilan tanişib, joriy yilning yanvar–iyun oylarida 1 mln 178 ming 609 nafar Özbekiston fuqarosi işlaş maqsadida Rossiyaga kirganini aniqlagan.
Reytingda ikkinçi örinni Tojikiston fuqarolari egallagan. Hisobot davrida uşbu davlatdan 494 ming 518 kişi Rossiyaga işlaş uçun borgan. Qirğiziston fuqarolari 289 ming 61 kişi bilan uçinçi örindan joy olgan.
Şuningdek, Rossiyaga işlaş maqsadida Qozoğistondan 122 ming 654 nafar, Xitoydan 89 ming 656 nafar, Armanistondan 88 ming 629 nafar, Ozarbayjondan 62 ming 440 nafar, Hindistondan 27 ming 419 nafar, Turkmanistondan 13 ming 428 nafar va Turkiyadan 8 360 nafar fuqaro kirgan.
Ma’lumotlarga köra, Rossiyada işlaş uçun ayrim davlatlar fuqarolariga iş vizasi va ruxsatnoma talab etiladi. Xitoy, Hindiston, Turkmaniston va Turkiya fuqarolari uşbu tartibga amal qilişi kerak.
Özbekiston, Tojikiston va Ozarbayjon fuqarolari Rossiyada işlaş uçun patent olişi lozim. Qirğiziston, Qozoğiston va Armaniston fuqarolari esa patent olişdan ozod etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq kuni Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migratsiya qoidalarini buzgan 32 nafar Özbekiston fuqarosi mamlakatdan çiqarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi