Rossiyaga ikkita yangi yo‘nalishda poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida xalqaro yo‘nalishlarda ikkita yangi yo‘nalish tashkil qildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 dekabridan boshlab №350/349-sonli poyezd Termiz – Moskva – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha qatnay boshladi. Shuningdek, tarmoq temiryo‘l jadvalidagi yangi yo‘nalishlardan - 2020 yil fevral oyidan boshlab Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishidagi (№371/372-sonli) poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Bildirilishicha, davlatlararo poyezdlarning yo‘lovchilari uchun maxsus chegirmalar mavjud. Xususan, oldindan sotib olish muddatiga ko‘ra chipta tarifining 55 foizgacha chegirma mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

poezd O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing