Rossiyaga do‘st mamlakatlardagi axborot maydoni yolg‘on tarqatish joyiga aylanmasligi kerak – Zaxarova

Olam

image

Rasmiy Moskva Rossiyaga do‘st bo‘lgan mamlakatlardagi axborot maydonini yolg‘on va provokatsion bayonotlar tarqatish maydoniga aylantirmaslikka chaqirdi. Mazkur bayonotni Rossiya Tashqi ishlar vazirining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bergan. Bu haqda TASS ma’lum qildi

Diplomat O‘zbekiston va Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarida Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermakning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha e’lon qilgan maqolasiga munosabat bildirgan. Zaxarova Yermak o‘zining maqolasida Rossiyani Markaziy Osiyoning yetakchi hamkori emasligini ko‘rsatishga harakat qilganini da’vo qildi.

“Biz matbuot erkinligini hurmat qilamiz. Biroq biz uchun do‘st bo‘lgan mamlakatlardagi axborot maydoni ataylab yolg‘on va provokatsion uydirmalarni tarqatish uchun joy bo‘lib qolmasligini istaymiz”, deydi Zaxarova.

Uning ta’kidlashicha, Moskva Markaziy Osiyo mintaqasining barcha davlatlari bilan namunali munosabatlarni saqlab kelmoqda va Kiyev bu aloqalarni obro‘sizlantirish va buzishga harakat qilmoqda. 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik omili bo‘lib, “Markaziy Osiyo va Transkavkazda ham mustaqil, ham jamoaviy formatda” tinchlikparvarlik funksiyalarini faol bajarib kelmoqda. U Markaziy Osiyo davlatlarining tovar aylanmasining 40 foizigacha Rossiya Federatsiyasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hissasiga to‘g‘ri kelishi, mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun qator yo‘nalishlarda hamkorlikning davom etishi muhim ekanini eslatib o‘tgan. 

“Moskva migratsiya sohasiga ham e’tibor qaratadi va qo‘shnilariga mehnat resurslarining ko‘pligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam beradi, talab va taklifni qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Yermak o‘zining maqolasida qishning qahraton kunlari vaqtida o‘zbekistonliklar ham Ukraina aholisi singari Rossiyaning “gaz shantaji” qurboni bo‘lgani haqida yozgan edi. Yermak Ukraina bilan Markaziy Osiyo davlatlarining taxmin qilinganidan ko‘ra ko‘proq umumiyliklari borligini qayd etgan. U o‘zining maqolasida ushbu mamlakatlar Kiyev imperialistik Ximera (yunon afsonalaridagi mahluq) bilan kurashayotgan bir paytda chetda turmasligi kerakligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Mariya Zaxarova Andrey Ermak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made