Rossiyadan yana 1 000 ga yaqin o‘zbekistonlik qaytarilyapti

Jamiyat

image

Rossiyaning Rostov viloyatidan 918 nafar O‘zbekiston fuqarosi poyezdda olib kelinyapti. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya – Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish masalasi bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, O‘zbekiston fuqarolarini yo‘lovchi poyezdlari orqali olib kelish jarayoni amalga oshirilmoqda. Navbatdagi yo‘lovchi poyezdi yurtdoshlarimizni Rossiyaning Rostov viloyatidan olib kelmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 10 avgust mahalliy vaqt bilan soat 13:20 da 918 nafar o‘zbekistonlik bilan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi.

Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdi faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi. Ushbu reysda olib kelingan yo‘lovchilar Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Samara va Orenburg oblastlaridan 1840 nafar o‘zbekistonlik ikkita poyezd orqali vatanga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd o'zbekistonlik

Baholaganlar

130

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing