Rossiyadan O‘zbekistonga bir guruh harbiylar keldi
Jamiyat
−
10 dekabr 2020
15612Rossiyaning Markaziy harbiy okrugining maxsus topshiriqlar bo‘linmasi harbiy xizmatchilari O‘zbekistonga yetib keldi. Ular o‘zbekistonlik harbiylar bilan qo‘shma maxsus-taktik mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar Termizdagi poligonda 9—12 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushmanning orqa tomonida maxsus operatsiya o‘tkazadi. Operatsiya davomida vertolyotdan desant tushirish, ravedka-qidiruv harakatlari, topshiriq bajarilganidan keyin guruhni evakuatsiya qilish amalga oshiriladi.
Shuningdek, mashg‘ulot vaqtida o‘ta muhim ob’ektlarni qo‘riqlash va mudofaa qilish hamda diversion guruhlarga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha mashqlar bajariladi.
LiveBarchasi