Rossiyadan migrantlar jo‘natayotgan pul qanchaga kamayishi aytildi

Jamiyat

image

Rossiyaga nisbatan joriy etilayotgan sanksiyalar oqibatida O‘zbekistonga migrantlar tomonidan jo‘natilayotgan pul o‘tkazmalari miqdori 2022 yilda 21 foizga kamayishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon banki ekspertlarining dastlabki hisob-kitoblarida keltirilgan.

Qayd etilishicha, Rossiyada iqtisodiy faollikning zaiflashishi mehnat muhojirlarining bandligi va daromadlarini hamda o‘z yurtiga pul yuborish imkoniyatlarini pasaytiradi. Bu Markaziy Osiyoning ko‘plab mamlakatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

2021 yilda pul o‘tkazmalarining 83 foizi Rossiyadan kelgan Qirg‘iziston Respublikasida 2022 yilda pul o‘tkazmalari dastlab prognoz qilingan o‘sish sur’ati 3 foiz o‘rniga 33 foizga qisqarishi mumkin. Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston va O‘zbekiston ham 2022 yilda pul o‘tkazmalari oqimining keskin qisqarishini boshdan kechiririshi ehtimoli bor.

Xususan, Rossiyaga nisbatan joriy etilayotgan sanksiyalar oqibatida O‘zbekistonga migrantlar tomonidan jo‘natilayotgan pul o‘tkazmalari miqdori 2022 yilda 21 foizga kamayishi kutilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing