O‘zbekiston yetakchi. Rossiyadan MDH davlatlariga qancha pul jo‘natilgani ochiqlandi

Bu qiziq

image

Rossiya Markaziy banki Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga amalga oshirilgan shaxsiy pul o‘tkazmalari statistikasini e’lon qildi. Bu haqda Rbk yozmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida Rossiyadan hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarga hammasi bo‘lib 5,44 mlrd. dollar o‘tkazilgan.

Mablag‘larning asosiy qismi O‘zbekistonga: 2,044 mlrd. AQSH dollariga to‘g‘ri keladi.

▪️ Qirg‘iziston - 1.049 milliard dollar;
▪️ Tojikiston - 713 million dollar;
▪️ Armaniston - 412 million dollar;
▪️ Ozarbayjon - 402 million dollar;
▪️ Ukraina - 356 million dollar;
▪️ Belarusiya - 245 million dollar;
▪️ Moldova - 131 million dollar;
▪️ Qozog‘iston - 82 million dollar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 4,9 milliard dollarni tashkil etgan. 

Rossiya Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil I-choragida o‘zbekistonlik migrantlarning pul o‘tkazmalari 680,4 million dollarni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing