Rossiyadan qator davlatlarga pul o‘tkazmalari miqdori cheklandi

Olam

image

Western Union, “Zolotaya korona” va Contact to‘lov tizimlari Rossiyadan Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Vetnamga pul o‘tkazmalari summasini cheklab qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Western Union xodimining so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 16 aprelidan boshlab yuqorida aytilgan davlatlarga amalga oshiriladigan pul transferlariga 30 kunda 100 ming rubllik limit o‘rnatilgan. Bunday choralar jinoyatchi va firibgarlarning pul mablag‘laridan foydalanishiga qarshi kurash maqsadida joriy qilingani ta’kidlangan.

“Zolotaya korona”da esa yangi limitlar quyidagicha belgilangan: Qozog‘istonga 150 ming rubl, Qirg‘izistonga 100 ming rubl, Xitoy va Vetnamga 1,55 ming rubl.

Contact tizimi esa Qozog‘iston va Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalari limitini 600 ming rubl, Xitoyga 100 ming rublgacha qilib belgilagan.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda Rossiyadan MDH mamlakatlariga 13,28 mlrd dollar pul o‘tkazilgan. Shunda bir o‘tkazma o‘rtacha 241 dollarga teng bo‘lgan.

Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tgan yili Shveysariya (9,2 mlrd dollar), O‘zbekiston (4,1 mlrd dollar) va AQSH (2,7 mlrd dollar) transfer qilingan. MDH davlatlari orasida O‘zbekistondan keyin Tojikiston (2,6 mlrd dollar) va Qirg‘iziston (2,4 mlrd dollar) yetakchilik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya pul o'tkazmalari

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made