Rossiyadan Bolgariyaga alik: Moskvaning Sofiyadagi elchixonasi yopilishi mumkin

Olam

image

Rossiyaning Bolgariyadagi elchisi Eleonora Mitrofanova Sofiyadagi elchixonani yopish masalasini ko‘tarish niyatida. Bu haqda rossiyalik diplomatning Bolgariya fuqarolariga qilgan maxsus murojaatida aytiladi.

"Afsuski, Bolgariya Tashqi ishlar vazirligiga qilgan murojaatimiz e’tiborga olinmadi. Shu munosabat bilan men darhol o‘z mamlakatim rahbariyatiga Bolgariyadagi Rossiya elchixonasining yopilishi haqida taklif berish niyatidaman. Ushbu qadamning keyingi og‘ir oqibatlari uchun javobgarlik hukumat vakili Kirila Petkovada”, deydi Mitrofanova.

Aytish joizki, kecha, 30 iyun kuni Rossiya elchisi Bolgariya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborgandi. Notada Moskvaning Bolgariya Respublikasidagi 70 nafar xorijiy vakolatxonalari xodimlarini persona non grata va qabul qilib bo‘lmaydigan shaxslar deb e’lon qilish haqidagi qarorni bekor qilishni talab qilinib, bu “misli ko‘rilmagan, asossiz va provokatsion, munosabatlar asosiga putur yetkazuvchi" ekani aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Bolgariya rahbariyati persona non grata deb e’lon qilingan 70 nafar rossiyalik diplomat va Rossiya diplomatik departamentlarining texnik xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuborish qarorini e’lon qildi. Ularning oila a’zolari hisobga olinsa, 3 iyulgacha 200 ga yaqin odam mamlakatni tark etishi kerak, Rossiyaning Bolgariyadagi elchixonasi va bosh konsulliklarining esa faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing