Rossiyadan 17 mingdan ortiq tojikistonlik migrant chiqarib yuborildi

Olam

image

Joriy yilning birinchi yarmida 17,1 ming Tojikiston fuqarosi turli qoidabuzarliklar sababli Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborilgan. Bu haqda “Asia Plus” xabar berdi.

Tojikiston Mehnat va bandlik vazirining o‘rinbosari Shahnoza Nodirining so‘zlariga ko‘ra, bu davrda tojikistonliklarga nisbatan 332,7 mingta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokollar tuzilgan. Chiqarib yuborilishning asosiy sababi Rossiyada bo‘lish qoidalariga rioya qilmaslik, shu jumladan, mehnat patentining amal qilish muddati tugashi va boshqa qoidabuzarliklar hisoblanadi.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatdan deyarli 387 ming kishi Rossiyaga ishlash uchun ketgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62,3 ming (15%) ga kam.

“Qonunchilik cheklovlari har doim mavjud bo‘lgan va nafaqat Tojikiston, balki Rossiya Federatsiyasiga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan barcha mamlakatlar fuqarolariga ham tegishli. Shuningdek, tojikistonliklar “Krokus Siti”da terakt sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Moskvadagi fojiadan so‘ng qonunchilikdagi cheklovlar kuchaytirildi”, deydi vazir o‘rinbosari.

Rossiya tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda tojikistonliklarning 600 mingdan ortiq mehnat patentlari amal qiladi, bu ularning egalariga Rossiyada o‘z mehnat faoliyatini muammosiz davom ettirishga imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant tojikistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing