Rossiyadagi YTHda jabrlangan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, O‘zbekistonga qayta olmay qolgan fuqaro Vatanga qaytarildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasida mehnat migratsiyasida bo‘lgan 5 nafar fuqaro YTHga uchragan. Natijada ularning 2 nafari halok bo‘lgan, 3 nafari esa Temryuk shifoxonasiga yetkazilgan. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur fuqarolarning 2 nafari biroz ahvoli yaxshilangach, O‘zbekistonga qaytib kelishgan. 

Biroq 1985 yil Namanganda tug‘ilgan Ravshan To‘xtamatov juda jiddiy jarohat olgan bo‘lib, unda suyak sinishlari, ichki a’zolarining lat yeyishi, miyasida jiddiy jarohat hamda gemotoma borligi aniqlangan. “Yotoq” bemorini samolyotda O‘zbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi birgalikda O‘zbekiston fuqarosi Ravshan To‘xtamatovni joriy yilning 5 noyabr kuni O‘zbekistonga qaytardi.

Bemorning turmush o‘rtog‘i E’zoza Mamatovaga ko‘ra, Ravshan To‘xtamatovga u O‘zbekistonga yetib kelgungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulligi yordam ko‘rsatgan, vaziyatni nazoratga olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorning O‘zbekistonga qaytarilishida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan, istisno tarzida, Ravshan To‘xtamatovga “yotoq” joy hamda uning hamrohlari uchun jami 9 ta o‘rin tashkilot hisobidan ajratib berilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorning ahvolini nazorat qiluvchi hamda parvoz payti unga hamrohlik qiluvi maxsus shifokorni safarbar etgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bemorni maxsus zambilda Toshkent aeroportidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markaziga yetkazgan.

Hamroh shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bemor parvoz mahali o‘zini yaxshi his qilgan. Qon bosimida o‘zgarishlar kuzatilmagan. Bemorning turmush o‘rtog‘i barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing