Rossiyadagi YTHda 55 yoshli o‘zbekistonlik vafot etdi

Olam

image

Rossiyaning Tyumen viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.  Bu haqda Rossiya “Gosavtoinspeksiya” Tyumen viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Tyumen - Xanti - Mansiysk” avtomobil yo‘lining 178-kilometrida GAZ yuk mashinasi va VAZ 2107 to‘qnashib ketgan.  Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinalardan biri qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Yuk mashinasining 24 yoshli haydovchisi jarohatlangan. Ikkala avtomobil ham jiddiy shikastlangan.

Tyumen viloyati yo‘l politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Lada yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. U 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, Rossiyada noqonuniy yashagani aytilmoqda. Jabrlanuvchining ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Hozirda holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 sentyabr kuni Rossiyaning Nijegorod viloyatida mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya Tyumen' O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made