Rossiyadagi yirik fast-fud tarmog‘i Nazarboyevning qarindoshiga o‘tishi mumkin
Olam
−
20 may 2022
5858McDonald's’ning Rossiyadagi biznesi eng yirik mahalliy franshizalardan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda “The Bell” nashriga uchta manba ma’lum qilgan.
Manbalarning ikkitasi Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarindoshi Qayrat Boranbayevning "SPP" kompaniyasi, uchinchi manba neftchi Aleksandr Govorning "GiD" kompaniyasini potensial xaridor sifatida ko‘rsatmoqda, deb yozgan nashr.
Qayrat Boranbayevning “Mintaqaviy ovqatlanish tarmog‘i” McDonald's’ning Sverdlovsk, Orenburg, Chelyabinsk, Kurgan, Tyumen va Kirov viloyatlaridagi tarmoqlarini boshqaradi. Shuningdek, Boranbayev Qozog‘iston va Belarusdagi McDonald's franshizasiga ham ega, deya yozmoqda gazeta.
“The Bell”ning yozishicha, kelishuv 19 may kuniyoq e’lon qilinishi mumkin. Undan keyin tarmoq yangi brend nomi ostida ishlashda davom etishi kutilmoqda.
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyevaning sobiq qudasi Qayrat Boranbayev “Forbes” talqiniga ko‘ra Qozog‘istondagi eng nufuzli beshta tadbirkordan biri hisoblanadi. “Aleks-Saryagash” mineral suvlarini qadoqlash kompaniyasi, “Almali” aktivlarni boshqarish kompaniyasi” MCHJ, “Qozog‘iston neft-kimyo kompaniyasi “Chemical” MCHJ, “KazTurboRemont” xolding kompaniyasi” MCHJ kabi qator kompaniyalarga egalik qiladi.
Qozog‘istonda Boranbayev “kvazidavlat sektoridagi yirik o‘g‘irlik”da gumon qilinmoqda. O‘tgan hafta poytaxt tergov sudi Boranbayevni hibsda saqlash muddatini bir oyga uzaytirgandi.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi