Rossiyadagi Yevropa kompaniyalari inqirozga uchramoqda
Olam
−
07 avgust 2023
9539Rossiyadagi Yevropa kompaniyalari birin-ketin iqtisodiy inqirozga uchramoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi tufayli Yevropa kompaniyalari Rossiya bozorida 2022 yil fevraldan beri kamida 100 milliard yevro (110 milliard dollar) yo‘qotdi. Xususan, 176 ga yaqin kompaniyalar o‘z bizneslarini sotish, yopish yoki qisqartirish bilan bog‘liq aktivlarning qadrsizlanishi, valyuta kursi bilan bog‘liq va boshqa yo‘qotishlarga duch kelishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta xarajatlar neft va gaz kompaniyalariga to‘g‘ri keladi. Masalan, BP, Shell va TotalEnergies kompaniyalarining umumiy yo‘qotishlari 40,6 milliard yevro (44.6 milliard dollar)ni tashkil etdi. Biroq, global energiya narxlarining ko‘tarilishi tufayli ushbu kompaniyalar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmadilar va o‘tgan yili rekord darajadagi 95 milliard yevro (105 milliard dollar) daromad olishdi.
Shuningdek, sanoat kompaniyalari, shu jumladan, avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiyada 13,6 milliard yevro (15 milliard dollar) yo‘qotishdi, moliyaviy korporatsiyalar, ayniqsa, banklar 17,5 milliard yevro (19 milliard dollar) miqdoridagi hisobdan chiqarish va boshqa xarajatlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Shuningdek, ekspertlar xorijiy mulkdorlarning kompaniyalardagi ulushlari Rossiya mulkining vaqtinchalik boshqarmasiga o‘tkazilishidan xavotirda. Chunki bu Yevropa biznesida navbatdagi yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Biroq Kiyev iqtisodiyot maktabi Yevropa korxonalariga tegishli bo‘lgan 1,9 ming firmaning yarmi Rossiyada ishlashni davom ettirayotganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatning barcha amaldorlari mahalliy avtomobillarni haydashi kerakligini aytdi.
LiveBarchasi