Rossiyadagi yong‘inda o‘zbekistonlikning tanasi 80 foiz kuyib ketdi
Olam
−
13 avgust 2022
7055Rossiyaning Leningrad viloyatidagi korxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida o‘zbekistonlik erkak 80 foizli ikkinchi darajali kuyish bilan reanimatsiyaga joylashtirildi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 avgust kuni Lomonosov tumanidagi bitum ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inga vintli apparatda kelib chiqqan alanga sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 1984 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik fuqaro Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutining kuyish reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, erkak tanasining 80 foizi qismida 2-darajali kuyish kuzatilgan.
LiveBarchasi