Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur poyezd joriy yilning 27 avgust kuni soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

30 avgust kuni “Tolyatti-Toshkent” yo‘nalishida 446-sonli yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu poyezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35 da jo‘naydi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” hamda “Tolyatti-Toshkent” yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing