Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uchun ikkita maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib chiqib ketish uchun ikkita poyezd tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 va 25 fevral kunlari  Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi. 

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining ikki marotaba qatnovi amalga oshiriladi. Hamda poyezdlar 18 va 25 fevral kunlari soat 20:50 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.  

Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing