Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlarga qo‘shimcha imkoniyat berildi

Olam

image

Rossiyada qonuniy ravishda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari qanday maqsadda borganidan qat’i nazar, o‘z muddatlarini 90 kunga uzaytirishi mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari, patentga ega bo‘lgan mehnat muhojirlari Rossiyani tark etmasdan turib, o‘z hujjatlarini ikkinchi yilga uzaytirish imkoni paydo bo‘ldi. Buning uchun zarur to‘lovlarning barchasi amalga oshirilgan va yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari kerak.

“Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlar yashash muddatini uzaytirish uchun – ro‘yxatdan o‘tgan joylaridagi migratsiya bo‘limiga, patentni uzaytirish uchun – hududiy vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishlari kerak”, deb ma’lum qilgan Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga huquqiy yordam berish bilan shug‘ullanib kelayotgan asli o‘zbekistonlik huquqshunos Valentina Chupik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekisto

Baholaganlar

433

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing