Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga yordam puli berilishi rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga bir marttalik 12 130 rubl miqdoridagi moddiy yordam puli berilishi haqida xabarlar tarqaldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan ham foydalanilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi mazkur xabarlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston fuqarolarigi vaqtincha Rossiyada yashab turishi uchun 12.130 rubl bir martalik moddiy yordam" mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on.

Ehtiyot bo‘ling firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang. E’tiborli bo‘ling, firibgarlar Siz orqali Telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar”, deyiladi markaz xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

muhojir

Baholaganlar

864

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing