Rossiyadagi savdo markazida otishma yuz berdi. Qurbon bor
Olam
−
05 aprel
10715Rossiyaning Maxachqal’a shahridagi savdo markazi avtoturargohida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Dog‘iston bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, otishma kecha, 4 aprel kuni kechqurun Maxachqal’adagi savdo markazining yerosti avtoturargohida markazning amaldagi egasi va ijarachilar o‘rtasida yuzaga kelgan.
“Kechqurun “Ardar” savdo markazining yerosti avtoturargohida savdo markazining amaldagi egasi va ijarachilar o‘rtasida moliyaviy munosabatlar zaminida mojaro kelib chiqqan, so‘ngra otishmaga aylangan. Oqibatda ijarachilar tomonidan bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana ikki kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan va ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, deyiladi politsiya bayonotida.
Ma’lum qilinishicha, savdo markazi egasi jinoyat sodir bo‘lgan joydan yashiringan, biroq politsiya xodimlari uning joylashuvini aniqlagan. Keyinchalik u olgan jarohatlari tufayli tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Politsiya vakillarining aytishicha, sog‘lig‘i bunga to‘sqinlik qilmasa, u bilan zarur tergov harakatlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiyaning poytaxt Stokgolmdan 200 km g‘arbda joylashgan Erebru shahridagi ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida o‘nga yaqin odam halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi