Rossiyadagi migratsiya markazida o‘zbekistonlik yigit kaltaklandi (video)
Olam
−
08 iyul 2022
30950Ijtimoiy tarmoqda Rossiyaning Voronej shahridagi migratsiya markazi xodimi o‘zbekistonlik muhojirni barmoq izlarini olayotgan vaqtida kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, videoni joriy yilning 28 iyun kuni Voronej migratsiya markazi binosida O‘zbekiston fuqarosi M.I. tasvirga olgan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakiliga 1 iyulda taqdim etgan.
O‘zbekistonning Moskva shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda videodagi fuqaro shaxsi aniqlanib, 4 iyulda uchrashuv tashkil etilgan.
Fuqaro A.G‘. (jabrlanuvchi) joriy yilning 1 iyun kuni ishlash maqsadida Voronej shahriga borgani, hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 28 iyunda Migratsiya markazida barmoq izlari topshirish jarayonida mas’ul xodim tomonidan unga nisbatan kuch ishlatilgani va sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
“Ushbu hodisa batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tegishli organlarga nota kiritilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
26 noyabr