Rossiyadagi koloniyadan qochgan mahkumlarning to‘rt nafari ushlandi
Olam
−
26 Oktabr
9780Avvalroq, Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasidan olti mahkum qochib ketgani xabar qilingan edi. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari va “Perexvat” operatsiyasi natijasida ularning to‘rt nafari qo‘lga olingan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Baza” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab Tambov viloyatida mahkumlardan Baxtiyor Jumayev va Xurshidbek G‘aniyev qo‘lga olingan. Keyinchalik viloyatni tark etishga ulgurmagan ikki mahkum koloniyadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda qo‘lga tushgan. Hozirda ikki nafar ozodlikdagi mahkum qidirilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ular 65 metr uzunlikdagi tunnel qazib, yog‘ochlarga ishlov beradigan hudud orqali chiqqan va qochib ketgan.
“Baza”ning xabar berishicha, qochgan mahkumlar ikki joydan tunnel qazigan. Dastlab, tashlandiq sexda ichki taqiqlangan hududga olib boruvchi tunnel ochilgan. Keyin ular yana bir tunnelni devor ostidan qazigan va qochishga muvaffaq bo‘lgan.
LiveBarchasi