Rossiyadagi dahshatli YTHda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik qamaldi
3-sahifa
−
13:35 2251 2 daqiqa
Ufaning Oktyabr tuman sudi 12 ta avtomobil ishtirokida uch kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan 28 yoshli o‘zbekistonlik samosval haydovchisini to‘qqiz yilga manzil-koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi. Bu haqda Bashqiriston prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant’” xabar berdi.
Qayd etilishicha, u haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lishda aybdor deb topilgan (Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 6-qismi “v” bandi).
Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilning oktyabr oyida sudlanuvchi yuk avtomobilini boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda noqonuniy ravishda yuk tashigan. Avtomobil tormoz tizimida nosozlik bo‘lib, u buni tekshirib ko‘rmagan. U tashilayotgan yuk vaznini oshirib yuborgan, o‘zi boshqarayotgan transportning xususiyatlari va holatini, yo‘l sharoitini hisobga olmagan va ruxsat etilgan harakat tezligini oshirgan.
Sudlanuvchi og‘ir yuk transporti boshqaruvini yo‘qotib, Ufa shossesi va Chudskaya ko‘chalari kesishmasidagi tartibga solinadigan chorrahaga yaqinlashganda bir yo‘nalishdagi 12 ta avtomobil bilan to‘qnashgan. Ommaviy avariyada uch kishi halok bo‘lgan, bir nafar yo‘lovchining sog‘lig‘iga og‘ir zarar yetgan.
Sud unga jazo muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin yana uch yil davomida transport vositalarini boshqarish bilan shug‘ullanishni taqiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi