Rossiyada zavoddagi yong‘inda 12 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Ryazan viloyatining Shilovskiy tumanida bugun, 22 oktyabr kuni “Elastik” zavodining porox sexi yonib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.  

“17 kishi jarohatlangan, ulardan yetti nafari vafot etgan, bir nafari shifoxonaga yotqizilgan, to‘qqiz kishining taqdiri noma’lum”, deya xabar bergan agentlikka Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati. 

Qo‘shimcha qilinishicha, texnologik jarayonning buzilishi yong‘inga sabab bo‘lgan, aholi uchun hech qanday xavf yo‘qligi aytilgan.

Ta’kidlanishicha, voqea joyiga Ryazan hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Filippov yo‘l olgan. Shuningdek, u yerga ikkita tez yordam brigadasi yuborilgan. 

Qayd etilishicha, korxona olti yil oldin bankrot bo‘lgan va 2017 yildan beri ishlamayapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yana 5 kishining o‘limi tasdiqlangan. 11 kishi qidirilmoqda. Umumiy qurbonlar 12 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yong'in zavod

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing